Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

Flik Bastoniga shubha qilmoqda

Flik Bastoniga shubha qilmoqda

Baho:
+ | -

Milanning «Inter» klubi markaziy himoyachisi Alessandro Bastoni «Barselona» transfer bo‘yicha muzokaralarni boshlashini kutmoqda. Futbolchi «ko‘k-anorranglilar» bilan besh yillik shartnomani kelishib bo‘lgan, biroq o‘shandan beri jarayonda siljish kuzatilmayapti.

Jurnalist Ferran Martinesning xabar berishicha, italiyalik himoyachi avvalroq Kataloniya klubiga kutishga tayyorligini ma’lum qilgan edi, ammo uning fikricha, bu ish haddan tashqari cho‘zilib ketdi. «Barselona» La Liga chempionligini deyarli naqd qilib qo‘ygan va e’tiborini kelasi mavsum ishlariga qaratishi mumkin bo‘lsa-da, haligacha «Inter»ga rasmiy taklif bilan chiqqani yo‘q.

Manbaning ta’kidlashicha, ushbu kechikishning sababi bor: Xans-Diter Flik boshchiligidagi murabbiylar shtabi chap markaziy himoya chizig‘ida tezkor futbolchini ko‘rishni istamoqda, Bastoni esa eng yuqori tezlikka ega himoyachilardan emas. Klub boshqa variantlarni ham ko‘rib chiqmoqda. Yakuniy qarorni Flikning o‘zi qabul qiladi — u hozircha bir to‘xtamga kelgani yo‘q.

Kiritildi: 11:08, 06.05.2026.
O'qildi: 218 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик