Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Alvaro Karreras Ryudiger bilan mushtlashuvi haqidagi mish-mishlarga javob berdi

Alvaro Karreras Ryudiger bilan mushtlashuvi haqidagi mish-mishlarga javob berdi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi chap qanot himoyachisi Alvaro Karreras so‘nggi kunlarda matbuotda o‘zi haqida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi. Ommaviy axborot vositalari ispaniyalik futbolchining jamoadagi muammolari, shuningdek, mashg‘ulot paytida jamoadoshi Antonio Ryudiger bilan mushtlashib qolgani haqida yozgan edi.

«So‘nggi kunlarda o‘zim haqimda haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan turli xabarlarni ko‘rdim. Klubga va men bilan ishlayotgan murabbiylarga bo‘lgan sadoqatim doimo yaxshi bo‘lgan va bugungi kungacha hech narsa o‘zgargani yo‘q. «Real»ga qaytgan vaqtimdan beri doim bor kuchim bilan harakat qildim va orzularimni amalga oshirish yo‘lida tinimsiz mehnat qildim.

Jamoadoshim bilan bog‘liq hodisaga to‘xtaladigan bo‘lsam, bu shunchaki bir martalik holat edi. Hech qanday jiddiy narsa sodir bo‘lgani yo‘q, vaziyat hal etilgan. Barcha jamoadoshlarim bilan munosabatlarim yaxshi», — deb yozdi Karreras ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, 23 yoshli lateral o‘tgan yilning iyul oyida «Benfika»dan transfer qilinib, «qaymoqranglilar» safiga kelib qo‘shilgan edi.

Kiritildi: 11:16, 06.05.2026.
O'qildi: 1701 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик