Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

Flik «Real» bilan o‘yin uchun taktik qaror qabul qildi

Flik «Real» bilan o‘yin uchun taktik qaror qabul qildi

Baho:
+ | -

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Madridning «Real» klubiga qarshi bo‘lib o‘tadigan bahs uchun tarkib tanlamoqda. Kataloniyaliklar uchun o‘z uyidagi «el-klasiko» yakshanba, 10 may kuni bo‘lib o‘tadi.

Diario Sport nashrining xabariga ko‘ra, yarim himoyachi Frenki de Yong jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘lgan va eng yaxshi sport formasiga kirib olgan, biroq «qaymoqranglilar»ga qarshi o‘yinni zaxira o‘rindig‘ida boshlaydigan ko‘rinadi. Flik taktik sabablarga ko‘ra asosiy tarkibda Gavini tushirishni afzal ko‘rmoqda.

Yakshanba kungi bahs Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da (11 mayga o‘tar kechasi) boshlanishi rejalashtirilgan. Agar «ko‘k-anorranglilar» «Kamp Nou»da madridliklarga yutqazib qo‘yishmasa, muddatidan oldin chempionlikni qo‘lga kiritishadi. Hozirda «Barsa» mavsum yakunlanishiga to‘rt tur qolganda «Real»ni 11 ochkoga ortda qoldirmoqda.

Kiritildi: 11:45, 06.05.2026.
O'qildi: 714 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик