Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

Vinisius va «Real» maosh borasida kelisha olmayapti

Vinisius va «Real» maosh borasida kelisha olmayapti

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubida Vinisius Juniorning kelajagi hali ham noaniq bo‘lib qolmoqda. Tomonlar anchadan beri shartnomani uzaytirish masalasini muhokama qilishmoqda, biroq moliyaviy shartlar bo‘yicha kelishuvga erisha olishmayapti. Jurnalist Ramon Alvaresning xabar berishicha, braziliyalik futbolchining agentlari yiliga 30 million yevro maosh talab qilmoqda, «qirollik klubi» esa faqat 20 million yevro taklif qilishga tayyor.

Shu bilan birga, manbaga ko‘ra, hujumchining kelayotgan yozda sotib yuborilishi ehtimoli ancha past. «Real» rahbariyati munosib o‘rinbosarni hamyonbop narxda topish qiyin deb hisoblaydi, shu sababli yulduz futbolchi bilan xayrlashishni istamayapti.

Vinisius Juniorning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga yetadi. Transfermarkt portali 25 yoshli o‘yinchining bozor qiymatini 150 million yevroga baholagan.

Kiritildi: 11:53, 06.05.2026.
O'qildi: 401 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик