Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

Opta superkompyuteri «Man Siti» ochko yo‘qotgach, APL chempionligi uchun ehtimoliy variantlarni yangiladi

Opta superkompyuteri «Man Siti» ochko yo‘qotgach, APL chempionligi uchun ehtimoliy variantlarni yangiladi

Baho:
+ | -

«Opta» superkompyuteri Angliya Premyer-ligasida chempionlik uchun kurashda jamoalar imkoniyatlarini yangiladi. Bu haqda «Opta Analyst» xabar berdi.

35-tur doirasida «Arsenal» «Fulxem»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi, «Manchester Siti» esa «Everton» bilan 3:3 hisobida durang o‘ynadi.

Yangilangan hisob-kitoblarga ko‘ra, «Arsenal»ning chempionlik ehtimoli 86,35%ni tashkil qilmoqda, «Manchester Siti»niki esa — 13,65%.

Hozirda «Manchester Siti» Angliya chempionati jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoa 34 o‘yindan so‘ng 71 ochko to‘plagan. «Arsenal» esa 35 ta uchrashuvda 76 ochko jamg‘arib, peshqadam bo‘lib turibdi.

Qolgan turlarda «shaharliklar» «Brentford», «Kristal Pelas», «Bornmut» va «Aston Villa»ga qarshi maydonga tushadi. «Kanonirlar» esa «Vest Xem Yunayted», «Byornli» va «Kristal Pelas» bilan kuch sinashadi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 15:16, 06.05.2026.
O'qildi: 519 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик