Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

Olich «PSJ»ga qarshi javob uchrashuvidan nimalar kutayotganini aytdi

Olich «PSJ»ga qarshi javob uchrashuvidan nimalar kutayotganini aytdi

Baho:
+ | -

Germaniyaning «Bavariya» klubi sobiq futbolchisi Ivisa Olich Chempionlar ligasi 1/2 finalidan o‘rin olgan Myunxen jamoasi va Fransiyaning «Pari Sen-Jermen» klublari o‘rtasidagi bo‘lajak javob o‘yini haqida gapirdi.

Uchrashuv bugun, 6 may kuni bo‘lib o‘tadi. Dastlabki bahsda «PSJ» o‘z uyida 5:4 hisobida g‘alaba qozongan edi.

«Ushbu o‘yin uchun Myunxenga kelganimdan juda xursandman. «Bavariya» va «PSJ» o‘rtasidagi birinchi o‘yinda juda ko‘p gollar urildi, bu muxlislar uchun albatta qiziqarli bo‘ldi. Har ikki jamoa tarkibida istalgan o‘yin taqdirini hal qila oladigan ko‘plab ajoyib futbolchilar bor.

Bu yerda favorit yo‘q, hatto «PSJ»ning bitta to‘p farqi bilan oldinda borayotgani ham hech narsani anglatmaydi. «Bavariya» ham, «PSJ» ham finalga chiqishga qodir», — dedi Olich.

Eslatib o‘tamiz, Myunxendag bahs Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:00 da boshlanishi kutilmoqda.

Kiritildi: 17:09, 06.05.2026.
O'qildi: 213 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик