Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

Madrid meri: «UYEFA «Atletiko»ni Chempionlar ligasi finalida ko‘rishni istamayotganini ochiq-oydin bildirdi»

Madrid meri: «UYEFA «Atletiko»ni Chempionlar ligasi finalida ko‘rishni istamayotganini ochiq-oydin bildirdi»

Baho:
+ | -

Madrid meri va «Atletiko»ning ashaddiy muxlisi Xose Luis Martines-Almeyda «matraschilar»ning Chempionlar ligasidan chiqib ketgani haqida gapirdi.

Diyego Simeone jamoasi yarim finalning javob uchrashuvida «Arsenal»ga imkoniyatni boy berdi (0:1, birinchi o‘yin – 1:1).

«Qur’a natijalarini ko‘rganimda, bizga raqib sifatida «Arsenal» tushdi deb o‘ylagandim, lekin adashgan ekanman — bizga raqib bo‘lib UEFA tushibdi. UEFA «Atletiko»ni Chempionlar ligasi finalida ko‘rishni istamayotganini ochiq-oydin namoyish etdi.

Ispaniya va Germaniya Chempionlar ligasiga 5 ta jamoa chiqarish huquqi uchun kurashayotgan bir paytda, o‘yinga germaniyalik hakamning tayinlanishini aqlga sig‘dirib bo‘lmaydi», — dedi Martines-Almeyda.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuvning bosh hakami germaniyalik Daniel Zibert edi. «Atletiko» vakillari o‘yin davomida belgilanmagan penaltilar va hakamlik qarorlaridan norozi bo‘lishgan.

Kiritildi: 17:19, 06.05.2026.
O'qildi: 413 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик