Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya - PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

Ukraina kubogi. «Chernigov» finalgacha atigi 2 ta gol urdi

Ukraina kubogi. «Chernigov» finalgacha atigi 2 ta gol urdi

Baho:
+ | -

Ukraina chempionati Birinchi ligasi ishtirokchisi «Chernigov» antifutbolga yo‘g‘rilgan o‘yin uslubini ifodalovchi «xarambol» terminiga juda mos tushmoqda. Birinchidan, kamtarin jamoa mamlakat kubogi finaliga chiqib, tarixiy natija qayd etdi. Ikkinchidan, turnirda kurashni 1/32 finalidan boshlagan klub hal qiluvchi o‘yingacha bo‘lgan yo‘lni atigi 2ta gol bilan bosib o‘tdi.

5ta o‘yinda 2ta gol va final! Ajabo, shunaqasi ham bo‘lar ekan-da. Gap shundaki, «Chernigov» 3ta bosqichda raqiblaridan penaltilar seriyasi bo‘yicha ustun keldi. Jumladan, yarim finalda «Metallist 1925» bilan to‘qnash kelgan jamoa 4-daqiqadayoq qizil kartochka tufayli maydonda ozchilik bo‘lib qoldi. Shunga qaramay, «Chernigov» 0:0 hisobini saqlab qoldi va penaltilar seriyasida final chiptasini yulib oldi – 6:5.

Vaholanki, «Chernigov» futbolchilari butun 120 daqiqa davomida «Metallist» darvozasi tomon loaqal bir marta zarba yo‘llamashdi, faqat himoya bilan shug‘ullanishdi. O‘yin statistikasiga qarasak, zarbalar (31:0), aniq zarbalar (13:0), xavfli vaziyatlar (15:0), qo‘yingki, barcha jihatlar bo‘yicha «Metallist» ustun, ammo final chiptasi «Chernigov»da! Qoyilmisiz? Darvoqe, «xarambol»ning yangi qiroli endi 20 may kuni finalda Kiyev «Dinamo»si asabini sinovdan o‘tkazadi.

«Chernigov» Ukraina kubogida

1/32 final: «Atlet» – «Chernigov» – 0:1

1/16 final: «Chernigov» – «Krivbass» – +:- (texnik natija – 3:0)

1/8 final: «Chernigov» – «Lesnoye» – 1:1 (pen. – 4:3)

1/4 final: «Chernigov» – «Mariupol» – 0:0 (pen. – 5:4)

1/2 final: «Metallist 1925» – «Chernigov» – 0:0 (pen. – 5:6)

Final: «Dinamo» K. – «Chernigov» (20 may)

Manba: Интерфутбол газетаси
Kiritildi: 23:29, 06.05.2026.
O'qildi: 258 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик