Nasser Al-Xelayfiy «PSJ»ning ketma-ket ikkinchi bor Chempionlar ligasi finaliga chiqqaniga izoh berdi.
«Bu ajoyib. Ikkita final… Biz ikkinchi yulduzni qo‘lga kiritishni istaymiz. Bizda shunchaki o‘yinchilar emas — jangchilar bor. Jamoamiz juda ham jipslashgan.
«Bavariya» — kuchli futbolchilarga ega katta jamoa. Bu biz uchun hayratlanarli o‘yin bo‘ldi. O‘tgan yili biz bu yerda tarix yozgan edik va «PSJ» tarixini yaratishda davom etmoqchimiz. Maqsadimiz — ikkinchi bor g‘olib bo‘lish.
Asosiy yulduz — butun jamoa. Hamma kurashishni xohlaydi. Futbol degani mana shu, «PSJ» degani mana shu. To‘lqinlanib ketyapman. Bizda dunyoning eng yaxshi murabbiyi va eng zo‘r muxlislari bor. Bugun oqshom faqat bizning ishqibozlarimiz ovozi eshitildi. Ular — eng zo‘ri», — dedi Fransiya klubi prezidenti Canal+ telekanali efirida.













