Xvicha Kvarasxeliya Chempionlar ligasi rekordini o‘rnatdi.
Bugun «PSJ» vingeri «Bavariya» bilan o‘yinning 3-daqiqasidayoq Usmon Dembelega golli uzatma yetkazib berdi.
Gruziyalik futbolchi bir mavsum davomida YECHL pley-off bosqichining qatorasiga yettita o‘yinida samarali harakatlarni amalga oshirdi — bunday ko‘rsatkichni ilgari hech kim qayd etmagan edi.
25 fevral kuni bo‘lib o‘tgan «Monako»ga qarshi javob uchrashuvidan boshlab, Kvarasxeliya yettita gol urdi va uchta golli pasga mualliflik qildi.













