Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

Noyer «Bavariya»ning YECHLdan chiqib ketgani haqida gapirdi

Noyer «Bavariya»ning YECHLdan chiqib ketgani haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«Bavariya» o‘z maydonida «PSJ»ni mag‘lub eta olmadi — uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Parijliklar ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 6:5 hisobida g‘alaba qozonib, Chempionlar ligasi finaliga yo‘l olishdi. Javob o‘yinidan so‘ng «Bavariya» darvozaboni Manuel Noyer o‘z fikrlarini bildirdi.

«Menimcha, bugun hujumda bizga «qotil instinkti» yetishmadi. Vaziyatlarimiz bo‘ldi, lekin yaqqol golli imkoniyatlar u qadar ko‘p emas edi. Bunday lahzalar yuzaga kelganda... «PSJ»ga qarang — ular birinchi o‘yinda haqiqiy «qotillardek» harakat qilishdi. Bugun bizga aynan mana shu narsa yetishmadi.

Biz finalga yaqin edik, biroq ishni oxirigacha yetkaza olmadik. Afsuski, juda kech gol urdik. Yana bir vaziyat yaratish yoki standart vaziyat yuzaga keltirish uchun vaqtimiz qolmadi. Juda kech edi. Stadion biz bilan birga edi, biz ham tayyor edik, lekin «PSJ» jarima maydonchasi ichida bizga sovuqqonlik va vaziyatlardan foydalanish yetishmadi», — dedi Noyer DAZN nashriga.

Kiritildi: 02:54, 07.05.2026.
O'qildi: 251 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик