Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

«Real» himoyachisi «Yuventus»ga taklif qilindi

«Real» himoyachisi «Yuventus»ga taklif qilindi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi markaziy himoyachisi David Alaba jamoani tark etishga hozirlik ko‘rmoqda. Avstriyalik futbolchi mavsum yakunida «qaymoqranglilar» safini erkin agent sifatida tark etadi va hozirda uning faoliyatini davom ettirishi uchun turli variantlar ko‘rib chiqilmoqda.

Insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, vositachilar orqali 33 yoshli futbolchining xizmatlari «Yuventus»ga taklif qilingan. Hozircha «keksa sinyora» uchun tajribali markaziy himoyachi nomzodi qay darajada qiziq ekanligi noma’lum. Avvalroq David Alabaning «Milan»ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Joriy mavsumda futbolchi Madrid grandi safida barcha turnirlarda atigi 14 ta o‘yinda maydonga tushdi. Madridga ko‘chib o‘tishdan oldin u «Bavariya» sharafini himoya qilgan va ushbu klub tarkibida o‘n karra Bundesliga g‘olibiga aylangan.

Kiritildi: 03:09, 07.05.2026.
O'qildi: 1186 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик