«PSJ» yarim himoyachisi Fabian Ruis Chempionlar ligasi finaliga chiqqanlaridan keyin o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Luis Enrike jamoasi «Bavariya» to‘sig‘idan o‘tdi — Myunxendagi 1:1 hisobidagi durang final uchun kifoya qildi. Parijda kechgan dastlabki uchrashuvda fransuz klubi 5:4 hisobida g‘alaba qozongan edi.
«Yuqori darajadagi jamoaga qarshi ajoyib o‘yin o‘tkazdik. Biz juda mamnunmiz. «Bavariya» bilan uning maydonida mana shunday o‘yin ko‘rsatish — katta natija. Ishlashda davom etishimiz kerak. Chempionlar ligasidagi ketma-ket ikkinchi g‘alabamizgacha atigi bir qadam qoldi. Finalda oson bo‘lmaydi», — dedi Ruis PSGTV ga bergan intervyusida.













