Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

Besh karra Germaniya chempioni Niklas Zyule 30 yoshida faoliyatini yakunladi

Besh karra Germaniya chempioni Niklas Zyule 30 yoshida faoliyatini yakunladi

Baho:
+ | -

Dortmundning «Borussiya» klubi himoyachisi Niklas Zyule 30 yoshida professional futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. Germaniyalik futbolchiga ko‘ra, u bu qarorni 18 aprel kuni «Xoffenxaym»ga qarshi uchrashuvda (1:2) tizzasidan jarohat olganidan keyin qabul qilgan.

Niklas Zyule faoliyati davomida «Xoffenxaym», «Bavariya» va «Borussiya Dortmund» jamoalari safida to‘p tepgan. U 14 ta sovrinni qo‘lga kiritgan bo‘lib, ular qatorida Chempionlar ligasi bosh sovrini ham bor.

— Shu yozda faoliyatimni yakunlashimni ma’lum qilmoqchiman. Klub shifokori yechinish xonasida tekshiruv o‘tkazdi, fizioterapevtga qaradi va boshini chayqadi. Men dushga kirib, «xochsimon bog‘lam uzildi» degan o‘y bilan 10 daqiqa yig‘ladim. Ertasi kuni MRT tekshiruviga bordim va yaxshi xabar oldim. O‘shanda menga hammasi tugagani 1000 foiz aniq bo‘ldi. Men uchun mustaqil yashash, sayohat qilish, farzandlarim bilan vaqt o‘tkazish imkoniyatini kutib, keyin esa uchinchi marta «xochsimon bog‘lam»ni uzib olishdan yomonini tasavvur qila olmasdim, — dedi Niklas Zyule «Borussiya Dortmund» rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Manba: championat.com
Kiritildi: 14:12, 07.05.2026.
O'qildi: 404 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик