«Manchester Yunayted» sobiq futbolchisi Pol Skoulz «Arsenal»ning joriy mavsumdagi o‘yini haqida o‘z fikrini bildirdi.
«Men «Arsenal» Angliya chempionligiga loyiq emas, demoqchi emasman. Mening yagona fikrim shundaki, menga ularning o‘yinlarini tomosha qilish yoqmaydi. Ular menda «jin ursin, ajoyib jamoa» degan taassurot qoldiradigan darajadagi klub emas. Hatto o‘tgan yilgi «Liverpul» ham meni «haqiqatan ham kuchli jamoa» deb o‘ylashga majbur qilgandi. «Arsenal»da esa buni ko‘rmayapman. Men «Arsenal»ning har bir o‘yinini ko‘rish uchun televizorni yoqmayman», — dedi Skoulz The Overlap nashriga bergan intervyusida.
Ayni damda «Arsenal» APL turnir jadvalida 76 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. «Kanonirlar» ikkinchi o‘rinda borayotgan «Manchester Siti»dan besh ochko oldinda, biroq «shaharliklar» zaxirasida bitta o‘yin mavjud.













