Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

Berbatov: «Manchester Yunayted» Kerrikni qoldirishi kerak»

Berbatov: «Manchester Yunayted» Kerrikni qoldirishi kerak»

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» sobiq hujumchisi Dimitar Berbatov Maykl Kerrikning jamoada doimiy bosh murabbiy sifatida qolishi kerakligi haqidagi savolga javob berdi.

«Ha. Hatto kutganimizdan ham ko‘proq. Jamoa Chempionlar ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Jamoa ochiq, hujumkor futbol o‘ynayapti va gollar urmoqda. To‘g‘ri, hali qilinishi kerak bo‘lgan ishlar bor, bu aniq. Biroq jamoaning barcha muammolar bilan qayerda bo‘lgani va hozir qanday yaxshilanganiga bir qarang. Agar kimdan so‘rasangiz, 99 foiz odam Kerrik «Manchester Yunayted»da qolishi kerakligini aytadi. Men uchun bu borada o‘ylab o‘tirishning hojati yo‘q – u qolishi kerak», — dedi Berbatov Sky Sports nashriga bergan intervyusida.

Ayni damda «Manchester Yunayted» APL turnir jadvalida 35 turdan so‘ng 64 ochko jamg‘arib, uchinchi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 16:00, 07.05.2026.
O'qildi: 157 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик