«Koventri» jamoasini muddatidan oldin APLga olib chiqqan 47 yoshli mutaxassis Frenk Lempard o‘zining murabbiylik yondashuvi haqida fikr bildirdi.
«Murabbiylik faoliyatini boshlaganingizda, bu futbolchilik davridan mutlaqo farq qilishini tushunasiz. Menga murabbiylik jarayoni katta ta’sir ko‘rsatgan. Bir necha kun davomida Pep Gvardiolaning ishini kuzatdim va lol qoldim: «Vau, u mashg‘ulot maydonining markazida shunchalik g‘ayratli». Keyin boshqa murabbiylarning, jumladan Eddi Xauning ishini ko‘rdim. Shunda o‘ylanib qolasiz: murabbiy qanday ko‘rinishda bo‘lishi kerak? Men kim bo‘lmoqchiman? Taktik daho bo‘lishnimi? Futbolchilar bilan qanday ishlashni xohlayman? Ishni boshlaganingizda esa, vaziyatni o‘zingiz uchun yanada murakkablashtirib yuborishingiz mumkin.
Ko‘pchiligimiz Pepdan mutlaqo boshqacha sharoitda ishlaymiz. U o‘z mehnati bilan hozirgi darajasiga va shunday ajoyib jamoaga ega bo‘lishga loyiq. Lekin har birimizning o‘z yo‘limiz bor. Shu sababli, Pep o‘z jamoasi bilan ko‘rsatadigan o‘yinni takrorlashga urinish har doim ham samara bermaydi. Shunday ekan, aynan o‘zing kim bo‘lishni xohlashingni tushunib olishing kerak», — dedi Lempard.













