«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik klub rahbariyatiga o‘z kelajagi borasidagi qarorini yetkazdi. Nufuzli insayder Fabrisio Romanoning ma’lumotlariga ko‘ra, Flik shartnomani uzaytirishga qaror qilgan.
Shu hafta ichida «Barselona» murabbiyning agenti Pini Zaxavi bilan so‘nggi masalani muhokama qiladi: yangi kelishuv yoki 2028 yilning yozigacha yoki xuddi shu muddat va yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan imzolanadi.
Hozirda «Barselona» La Liga turnir jadvalida «Real»dan 11 ochkoga oldinda bormoqda va chempionlikni rasmiylashtirishga juda yaqin. Kataloniyaliklar allaqachon shu yakshanba kuni, ya’ni 10 may kuni bo‘lib o‘tadigan «El-Klasiko»da «Real»ga mag‘lub bo‘lmasalar, muddatidan oldin chempionga aylanishlari mumkin.













