«Nyukasl» yarim himoyachisi Sandro Tonali noqonuniy garovlar bilan bog‘liq ish bo‘yicha yakuniy kelishuvga erishdi. The Shields Gazette nashrining xabar berishicha, futbolchi qamoq jazosidan omon qoldi.
2023 yilda «Milan»dan «Nyukasl»ga o‘tgan italiyalik xavbek katta mojaro markazida qolgan edi. Rasmiy organlar Tonali va uning terma jamoadagi sherigi Nikolo Fadjolini noqonuniy bukmekerlik platformalaridan foydalanishda aybdor deb topgandi. Natijada Tonali 10 oylik diskvalifikasiya jazosini o‘tagan edi.
Diskvalifikasiya davrida «Nyukasl» o‘z futbolchisini qo‘llab-quvvatladi, Tonalining o‘zi esa o‘yinga qaramlik muammosi borligini tan oldi. Futbolchiga uch oylik qamoq jazosi xavf solayotgan edi, biroq kelishuv doirasida u 78 250 yevro miqdorida jarima to‘ladi va endilikda stavkalar bilan bog‘liq barcha sud ishlaridan to‘liq ozod bo‘ldi.













