Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

Tramp: «Men ham AQSH terma jamoasi o‘yini uchun 1000 dollar to‘lamagan bo‘lardim»

Tramp: «Men ham AQSH terma jamoasi o‘yini uchun 1000 dollar to‘lamagan bo‘lardim»

Baho:
+ | -

AQSH Prezidenti Donald Tramp JCH-2026 doirasidagi AQSH va Paragvay terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin chiptasi uchun 1000 dollar to‘lamagan bo‘lishini tan oldi.

— Men bu narxdan xabardor emasdim. Albatta, u yerda bo‘lishni istardim, lekin ochig‘ini aytsam, men ham bu chiptalar uchun buncha pul to‘lamagan bo‘lardim, — dedi Tramp New York Post nashriga bergan intervyusida.

Shu bilan birga, AQSH Prezidenti turnirning tijoriy muvaffaqiyatini alohida qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgacha 5 million dona chipta sotilgan va bu rekord ko‘rsatkichdir. Biroq Tramp narxlarning balandligi o‘yinlarni oddiy muxlislar uchun tashrif buyurib bo‘lmas darajaga keltirib qo‘yishidan xavotir bildirdi.

— Men narxlarni ko‘rganim yo‘q, lekin ko‘rib chiqishim kerak bo‘ladi. Agar Kuins va Bruklindan kelgan odamlar va Donald Trampni yaxshi ko‘radiganlarning barchasi o‘yinga bora olishmasa, men bundan xafa bo‘laman. Ammo, shu bilan birga, bu aql bovar qilmaydigan muvaffaqiyatdir, — deya qo‘shimcha qildi u.

Avvalroq FIFAning chiptalarni qayta sotish platformasida jahon chempionati finali uchun bitta chipta narxi qariyb 2,3 million dollarga chiqqani haqida xabarlar tarqalgan edi. FIFA prezidenti Janni Infantino yuqori narxlarni Amerika bozorining o‘ziga xos xususiyatlari va AQSHda chiptalarni qayta sotishga ruxsat berilgani bilan izohlagan.

Aprel oyi boshida FIFA turnirning 40 ta o‘yini uchun chipta narxlarini oshirdi. Final uchun eng qimmat chiptalar narxi 8,7 ming dollardan 11 ming dollargacha ko‘tarildi. New York Post ma’lumotlariga ko‘ra, Nyu-Jersidagi hal qiluvchi bahs uchun chiptalarning o‘rtacha narxi taxminan 13 ming dollarni tashkil etmoqda.

2026 yilgi jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Turnirda ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirok etadi.

Kiritildi: 02:37, 08.05.2026.
O'qildi: 151 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик