Kirish Ro'yxatdan o'tish

Krishtianu Ronaldu «An-Nasr»ning «Ash-SHabab» ustidan qozongan g‘alabasiga munosabat bildirdi

Krishtianu Ronaldu «An-Nasr»ning «Ash-SHabab» ustidan qozongan g‘alabasiga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

«An-Nasr» hujumchisi va sardori Krishtianu Ronaldu Saudiya Pro-Ligasining 33-turida «Ash-SHabab»ga qarshi o‘yindagi (4:2) g‘alabadan keyin ijtimoiy tarmoqda post qoldirdi. Ushbu bahsda portugaliyalik forvard gol urdi va bu uning faoliyatidagi 971-gol bo‘ldi.

«Bugun ajoyib g‘alaba qozondik! Shu ruhda davom etamiz!» — deb yozdi Krishtianu Ronaldu X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Joriy Pro-Liga mavsumida 41 yoshli futbolchi 28 uchrashuvda 26 ta gol va 3 ta assist qayd etdi.

«An-Nasr» Saudiya chempionati turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi. Jamoa 32 o‘yindan keyin 82 ochko jamg‘argan. Bir o‘yin kam o‘tkazgan holda ikkinchi o‘rinda borayotgan «Al-Hilol»dan farq 5 ochkoni tashkil qilmoqda.

Saudiya Arabistoni — Pro-Liga, 33-tur
7 may 2026 yil, payshanba.
«Ash-SHabab» — «An-Nasr» — 2:4
Gollar: Joau Feliks 3, 10 (0:2), Yannik Karrasko 30 (1:2), Krishtianu Ronaldu 75 (1:3), Ali Al-Bulayhi 80 (2:3), Joau Feliks 90+8 (2:4).

Manba: championat.com
Kiritildi: 06:33, 08.05.2026.
O'qildi: 1674 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик