Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kanselu: «Barselona»ning o‘yin uslubi menga ideal darajada mos keladi»

Kanselu: «Barselona»ning o‘yin uslubi menga ideal darajada mos keladi»

Baho:
+ | -

«Barselona» himoyachisi Joau Kanselu jamoaning o‘yin tizimiga juda mos tushishiga ishonadi.

Portugaliyalik futbolchi qishda Saudiyaning «Al-Hilol» klubidan ijara asosida «ko‘k-anorranglilar» safiga kelib qo‘shilgan edi.

«Hozir ham futboldagi faoliyatimda, ham umuman hayotimda muvaffaqiyatli davrni boshdan kechiryapman. «Barselona»da hamma narsa osonroq kechmoqda, chunki kuchli jihatlarimni hisobga olsak, jamoaning o‘yin uslubi menga ideal darajada mos keladi», — deya Kanseluning so‘zlarini keltiradi Barca Universal.

31 yoshli futbolchi mavsum yakunlanganidan keyin kataloniyaliklar safida qolish-qolmasligi hozircha noma’lum. Tarqalgan mish-mishlarga ko‘ra, «Barselona» futbolchini o‘z safida saqlab qolmoqchi.

Kiritildi: 10:04, 08.05.2026.
O'qildi: 636 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик