Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rafinya «el-klasiko»da o‘ynashga umid qilmoqda

Rafinya «el-klasiko»da o‘ynashga umid qilmoqda

Baho:
+ | -

«Barselona» hujumchisi Rafinya Dias o‘z holati haqida fikr bildirdi.

«Men bir haftadan ortiq vaqtdan beri jamoa bilan mashg‘ulot o‘tkazyapman. To‘liq mashg‘ulotlarda qatnasha olyapman, shuning uchun «Real»ga qarshi o‘yinda bir necha daqiqa bo‘lsa ham maydonda harakat qilishdan umidvorman. Albatta, butun o‘yin davomida o‘ynashni istardim, lekin o‘z imkoniyatlarimni to‘g‘ri baholashim kerak», — deya Rafinyaning so‘zlarini Barça Universal keltirmoqda.

Joriy mavsumda Rafinya barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 31 ta o‘yinda ishtirok etib, 19 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ispaniya La Ligasi 35-turi doirasidagi «Barselona» va «Real» o‘rtasidagi uchrashuv yakshanba, 10 may kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 11:58, 08.05.2026.
O'qildi: 998 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик