Birmingemning «Aston Villa» jamoasi yarim himoyachisi Jon Makginn bosh murabbiy Unai Emerining jamoa Yevropa Ligasidagi muvaffaqiyatli ishtirokiga qo‘shgan hissasini alohida ta’kidlab o‘tdi. «Sherlar» yarim finalda ikki o‘yin natijasiga ko‘ra APLning boshqa bir vakili «Nottingem Forest»dan ustun keldilar.
«Bizda shunday ustoz borligidan baxtiyormiz. Emerining yevrokuboklardagi tajribasi juda katta. U ajoyib ish olib bormoqda. O‘tgan o‘yinda jamoamiz vazifani to‘liq uddaladi. Oldinda bizni yana bir bahs kutmoqda», — deya shotlandiyalik yarim himoyachining so‘zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.
Yevropa Ligasining final uchrashuvida «Aston Villa» Germaniyaning «Frayburg» jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 20 may kuni Istanbuldagi stadionda bo‘lib o‘tadi.













