Kirish Ro'yxatdan o'tish

«PSJ»da «Bavariya»ning hakamlik ustidan qilgan shikoyatlarini tushunishmayapti

«PSJ»da «Bavariya»ning hakamlik ustidan qilgan shikoyatlarini tushunishmayapti

Baho:
+ | -

«PSJ» rahbariyati Chempionlar Ligasi yarim finalining javob uchrashuvidagi hakamlik borasida «Bavariya» tomonidan bildirilgan noroziliklarni tushunmadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq myunxenliklar sport direktori Maks Eberl «PSJ»ga qarshi ikkinchi o‘yindagi (1:1, birinchi bahs – 4:5) Joau Pedru Pinyeyruning ishini keskin tanqid qilgan edi.

L’Équipe nashrining xabariga ko‘ra, Parij klubidagi ba’zilarning fikricha, agar darvozabon Manuel Noyerning mahorati bo‘lmaganida, javob o‘yini yirik hisobdagi mag‘lubiyatga aylanib ketishi mumkin edi. Psixologik jihatdan «PSJ» raqibni muvozanatdan chiqarib yuborganini his qilgan.

Vensan Kompani va Germaniya klubi rahbariyatining Pinyeyruga nisbatan g‘azabi Parij klubining yuqori doiralarida tushunmovchilik bilan qabul qilindi. Ularning fikricha, «Bavariya» «Real»ga qarshi bo‘lib o‘tgan chorak finalning ikkinchi o‘yinida hakamga katta bosim o‘tkazish orqali Eduardo Kamavinganing maydondan chetlatilishiga erishgan edi. Bu gal esa ular xuddi shunday ishni takrorlay olishmadi.

Kiritildi: 16:00, 08.05.2026.
O'qildi: 664 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик