Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kone: «Roberto haqida hech qachon yomon gap aytmayman»

Kone: «Roberto haqida hech qachon yomon gap aytmayman»

Baho:
+ | -

Kanada terma jamoasi a’zosi Ismael Kone o‘z jamoasi bosh murabbiyining Roberto De Dzerbi bilan bog‘liq keskin fikrlariga munosabat bildirdi. Italiyalik mutaxassis yaqin-yaqingacha «Marsel»da Kone bilan birga ishlagan edi.

«Ikkalamiz ham futbolni sevamiz, lekin qarashlarimiz turlicha. U o‘yinga chin dildan berilgan inson. O‘sha paytlarda menda ba’zi qiyinchiliklar bo‘lgan va u xohlagan narsani darhol bera olmagandirman. «Marsel»da yaxshi vaqt o‘tkazdim, bu ajoyib tajriba bo‘ldi. U yerda boshdan kechirganlarim uchun doim minnatdorman, garchi hammasi men umid qilgandek bo‘lmagan bo‘lsa-da», — deya Konening so‘zlarini keltiradi La Gazzetta dello Sport.

«Marsel»ni tark etgach, Kone «Sassuolo»ga o‘tdi. 23 yoshli futbolchi joriy mavsumda Seriya A doirasida 32 ta o‘yinda va Italiya Kubogidagi 1 ta bahsda maydonga tushib, o‘z hisobiga 6 ta gol yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 16:17, 08.05.2026.
O'qildi: 658 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик