Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Bavariya» «Atalanta» futbolchisini nishonga oldi

«Bavariya» «Atalanta» futbolchisini nishonga oldi

Baho:
+ | -

«Atalanta»ning hujumkor yarim himoyachisi Sharl de Ketelare faoliyatini «Bavariya»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Sasha Tavolyeri xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «Bavariya» 25 yoshli belgiyalik futbolchining transferi ustida faol ish olib bormoqda. Futbolchining o‘zi o‘tishga rozilik berib bo‘lgan, biroq Germaniya grandi hali «Atalanta» bilan kelishib olishi kerak.

Futbolchining shaxsiy shartnomasi shartlari muammo tug‘dirmasligi kutilmoqda, klublar o‘rtasidagi muzokaralar esa yaqin haftalarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Joriy mavsumda de Ketelare barcha turnirlarni hisobga olganda 39 ta o‘yinda ishtirok etib, 5 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt mutaxassislari yarim himoyachining qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 16:22, 08.05.2026.
O'qildi: 820 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик