Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gibbs-Uayt APLning aprel oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Gibbs-Uayt APLning aprel oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Baho:
+ | -

«Nottingem Forest» sardori Morgan Gibbs-Uayt faoliyatida ilk bor Angliya chempionatining oyning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritdi. Bu haqda musobaqa tashkilotchilarining rasmiy sayti xabar bermoqda.

Gibbs-Uayt aprel oyida to‘rtta gol va bitta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Uning samarali harakatlari sirasiga «Byornli»ga qarshi o‘yinda (4:1) 15 daqiqa ichida qayd etilgan xet-trik, shuningdek, «Sanderlend» bilan bahsdagi (5:0) gol va golli uzatma kiradi.

Ushbu natijalar, «Aston Villa» bilan qayd etilgan durang (1:1) bilan bir qatorda, «o‘rmonchilar»ga xavfli hududdan (quyi ligaga tushib ketish zonasi) uzoqlashishga yordam berdi.

Gibbs-Uayt «Nottingem Forest» tarixida «Oyning eng yaxshi futbolchisi» sovrinini qo‘lga kiritgan ikkinchi o‘yinchiga aylandi. Birinchi bo‘lib bu natijaga 2024 yilning oktyabr oyida Kris Vud erishgan edi.

Kiritildi: 18:53, 08.05.2026.
O'qildi: 728 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик