Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kassano Gasperiniga «Roma»ni tark etishni maslahat berdi

Kassano Gasperiniga «Roma»ni tark etishni maslahat berdi

Baho:
+ | -

«Roma»ning sobiq hujumchisi Antonio Kassano Rim klubidagi so‘nggi vaziyat haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Klaudio Ranyeri va jamoa bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperini o‘rtasidagi to‘qnashuv Ranyerining direktorlar kengashidagi lavozimidan bo‘shatilishiga olib keldi.

«Ranyeri ketma-ket bema’ni gaplarni gapirdi. «Roma» muxlislarini yaxshi bilgan holda aytamanki, agar keyingi yilda ishlar yomon ketsa, ularning hammasi Gasperinini ayblay boshlaydi. Fridkinlar u uchun kuchli tarkib yig‘ib berishlari kerak. «Roma» so‘nggi yillarda beshinchi o‘rindan yuqoriga ko‘tarila olmayapti va agar ular bor e’tiborni Dibalaga qarataverishsa, jamoani hech qanday muvaffaqiyat kutmaydi», — dedi Kassano Viva El Futbol podkastida.

Hozirda «Roma» 64 ochko bilan Italiya chempionati turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 18:56, 08.05.2026.
O'qildi: 593 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик