Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gvardiola: «Umid qilamanki, «Arsenal»ga bosim o‘tkaza olamiz»

Gvardiola: «Umid qilamanki, «Arsenal»ga bosim o‘tkaza olamiz»

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» Angliya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Xosep Gvardiola jamoasi «Arsenal»dan besh ochko ortda qolmoqda, biroq zaxirasida bitta o‘yin bor. Chempionat yakuniga qadar qolgan to‘rtta o‘yindan uchtasini «shaharliklar» o‘z uyida o‘tkazishadi. Gvardioladan bu omil qanchalik muhimligi haqida so‘rashdi.

«O‘z uyimizda o‘ynashni yaxshi ko‘raman, bu borada boshqa nima ham deyish mumkin. Umid qilamanki, biz «Arsenal»ga bosim o‘tkaza olamiz. O‘z o‘yinlarimizda g‘alaba qozonish — biz qila oladigan yagona ish», — dedi Gvardiola matbuot anjumani chog‘ida.

Mavsum yakuniga qadar «Manchester Siti» «Brentford» (uyda), «Kristal Pelas» (uyda), «Bornmut» (safarda) va «Aston Villa» (uyda) jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 19:51, 08.05.2026.
O'qildi: 655 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик