Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Arteta: «Har doim ishonish mumkin bo‘lgan insonni topganimdan baxtiyorman»

Arteta: «Har doim ishonish mumkin bo‘lgan insonni topganimdan baxtiyorman»

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoa hujumchisi Bukayo Saka bilan ishlashdan olayotgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

«U bilan ishlash haqiqiy zavq. Har doim ishonish mumkin bo‘lgan bunday insonni topganimdan juda ham baxtiyorman, buni eng boshidanoq aytganman. Bilamanki, Bukayo har doim javob bera oladi, uning qalbi pok. U qilayotgan har bir ish ma’lum qadriyatlar, tarbiya va tamoyillarga asoslangan. Men juda xursandman. O‘ylaymanki, uning shaxsiyat sifatida qanday ekanligini hammamiz bilamiz. Uning klub uchun maydonda qilayotgan ishlari, jumladan, Chempionlar Ligasida «Atletiko»ga qarshi kechgan so‘nggi o‘yindagi harakatlari ham hurmatga loyiq», — deya Artetaning so‘zlarini keltiradi «kanonirlar» rasmiy sayti.

Joriy mavsumda Saka klub miqyosida 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 20:32, 08.05.2026.
O'qildi: 930 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик