Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona 2-0 Jayxun
30/08 18:00 Chelsi 4-3 Brayton
30/08 18:00 Lids 1-1 Brentford
30/08 18:00 Sanderlend 1-0 Fulhem
30/08 19:00 Navbahor 1-0 Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid 4-0 Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted 5-2 Ipsvich
30/08 21:30 Napoli 1-2 Komo
30/08 22:30 Deportivo 3-1 Valensiya
30/08 23:45 Kalyari 0-1 Inter
30/08 23:45 Lasio 1-0 Jenoa
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal
01/09 00:30 Barselona - Rayo Valyekano

Kubarsi «Barselona»ning mavsumini 1 dan 10 gacha bo‘lgan shkalada baholadi

Kubarsi «Barselona»ning mavsumini 1 dan 10 gacha bo‘lgan shkalada baholadi

Baho:
+ | -

«Barselona» markaziy himoyachisi Pau Kubarsi jamoaning joriy mavsumdagi ishtirokiga baho berdi. Kataloniyaliklar La Ligada chempionlikni deyarli naqd qilishgan, YECHL va Ispaniya Kubogida esa mos ravishda chorak final va yarim final bosqichida Madridning «Atletiko» jamoasiga imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etishgan. Avvalroq «ko‘k-anorranglilar» mamlakat Superkubogida zafar quchishgan edi.

«Yakunda biz yana La Ligada g‘olib bo‘lishga yaqin turibmiz. Menimcha, biz ham bu yil, ham o‘tgan mavsumda Ispaniya ichida katta muvaffaqiyatlarga erishdik. Ha, Chempionlar ligasida bizga yana nimadir yetishmadi, lekin biz tajriba to‘plashda davom etyapmiz va yakunda, albatta, Yevropada ham o‘z maqsadimizga erishamiz. O‘ylashimcha, biz yaxshi mavsum o‘tkazdik va uni o‘n ballik tizimda yetti yoki sakkiz ballga baholash mumkin», – deya 19 yoshli futbolchining so‘zlarini keltiradi Ispaniya OAVlari.

10 may kuni «Barselona» o‘z maydonida Madridning «Real» klubiga yutqazmasa, muddatidan oldin Ispaniya chempioniga aylanadi.

Kiritildi: 06:33, 09.05.2026.
O'qildi: 693 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик