«Barselona» markaziy himoyachisi Pau Kubarsi jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flikning ishi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Nemis mutaxassisi qo‘l ostida kataloniyaliklar ketma-ket ikkinchi mavsum ichki arenada hukmronlik qilishmoqda.
«Murabbiy bizning o‘yinimizga o‘z qarashlarini olib kirdi, shu bilan birga biz «Barselona» falsafasiga sodiq qoldik. Pressingdagi yuqori intensivlik bizga katta foyda keltirdi. Menimcha, Flikning yondashuvi bizni ham hujumda, ham himoyada yangi tomondan ochdi», – dedi 19 yoshli Kubarsi o‘z intervyusida.
Yakshanba kuni «Barselona» agar «Kamp Nou»da Madridning «Real» klubiga mag‘lub bo‘lmasa, muddatidan oldin La Liga chempionligini qo‘lga kiritadi.













