Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kaysedo: «Biz juda beqarormiz»

Kaysedo: «Biz juda beqarormiz»

Baho:
+ | -

«Chelsi» yarim himoyachisi Moyses Kaysedo jamoaning muammolari haqida gapirdi. «Ko‘klar» so‘nggi oylarda o‘ta muvaffaqiyatsiz natijalar ko‘rsatmoqda, bu esa murabbiy Liam Rosenyorning iste’fosiga sabab bo‘ldi.

«Biz juda beqaror bo‘ldik. Barchamiz yomon o‘ynadik va kerakli ishlarni qilmadik. Bizga izchillik yetishmadi. Endi ushbu mavsumni iloji boricha yaxshiroq yakunlashimiz kerak», — deya Kaysedoning so‘zlarini keltiradi «Chelsi» matbuot xizmati.

Shanba kuni londonliklar safarda «Liverpul»ga qarshi maydonga tushishadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 16:30 da boshlanadi. Ayni damda poytaxt grandi Premyer-liga turnir jadvalida bor-yo‘g‘i to‘qqizinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 06:51, 09.05.2026.
O'qildi: 533 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик