Kirish Ro'yxatdan o'tish

Puyol «Barselona»da ko‘rishni istagan «Real» futbolchisining nomini aytdi

Puyol «Barselona»da ko‘rishni istagan «Real» futbolchisining nomini aytdi

Baho:
+ | -

«Barselona»ning afsonaviy sobiq sardori Karles Puyol Madridning «Real» klubi futbolchilaridan kimni o‘z sevimli jamoasida ko‘rishni istashi haqidagi savolga javob berdi. Mashhur ispaniyalik so‘nggi paytlarda aql bovar qilmas sermahsullik ko‘rsatayotganiga qaramay, obro‘siga biroz putur yetgan hujumchi Kilian Mbappeni tanladi.

«Real»dan kimni sotib olgan bo‘lardim? «Barselona»ning tarkibi shundoq ham juda yaxshi, lekin agar bitta futbolchini tanlash kerak bo‘lsa, ehtimol, Mbappeni aytgan bo‘lardim», – deya Puyolning so‘zlarini BarcaTimes nashri keltirmoqda.

Fransiyalik yulduz 2024 yildan beri «qaymoqranglilar» sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda 27 yoshli hujumchi 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 41 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 07:12, 09.05.2026.
O'qildi: 7469 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик