Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gvardiola: «Manchester Yunayted» qanday xursand bo‘lganini ko‘ring»

Gvardiola: «Manchester Yunayted» qanday xursand bo‘lganini ko‘ring»

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Chempionlar ligasiga muddatidan oldin yo‘llanma olishning muhimligini ta’kidladi. «Shaharliklar» xuddi «Arsenal» va «Manchester Yunayted» kabi kelasi mavsumda eng nufuzli yevrokubokda ishtirok etishini naqd qilib bo‘lishgan.

«Biz Chempionlar ligasiga oldindan kvalifikasiya qildik va bu juda muhim. O‘tgan turda «Liverpul» ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin «Manchester Yunayted» Chempionlar ligasiga chiqqanini qanday nishonlaganini bir ko‘ring!» — dedi ispaniyalik murabbiy matbuot anjumanida.

Uchinchi o‘rinda borayotgan «qizil iblislar»dan farqli o‘laroq, «Siti» hali ham chempionlik uchun kurashmoqda. Gvardiola jamoasi 71 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda va zaxirasida bitta o‘yin bo‘lgani holda peshqadam «Arsenal»dan besh ochko ortda qolmoqda.

Kiritildi: 07:41, 09.05.2026.
O'qildi: 5882 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик