Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

APL top-klubi Grinvudni kuzatmoqda

APL top-klubi Grinvudni kuzatmoqda

Baho:
+ | -

«Marsel» qanot hujumchisi Meyson Grinvud mavsum yakunlanganidan keyin jamoani aniq tark etadi. Bu haqda The Touchline nashri xabar bermoqda.

Shu bilan birga, 24 yoshli vinger avvalroq OAVda yozilganidek «Manchester Yunayted»ga qaytmasligi ta’kidlanmoqda. Ayni damda «qizil iblislar» o‘z tarbiyalanuvchisini orqaga qaytarish masalasini ko‘rib chiqishayotgani yo‘q. Biroq Premyer-liganing nomi oshkor etilmagan boshqa bir klubi Grinvud transferi imkoniyatlarini o‘rganayotgani aytilmoqda, lekin hozircha bu borada aniq qadamlar tashlanmagan.

Joriy mavsumda Grinvud barcha turnirlarni hisobga olgan holda 43 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 25 bor ishg‘ol qildi va 10 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 14:23, 09.05.2026.
O'qildi: 799 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик