Kirish Ro'yxatdan o'tish

Arbeloa Mbappe atrofidagi vaziyatga to‘xtalib o‘tdi

Arbeloa Mbappe atrofidagi vaziyatga to‘xtalib o‘tdi

Baho:
+ | -

«Real» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Valverde va Tchuameni o‘rtasidagi mushtlashuv sodir bo‘lgan kuni klub bazasini kulib tark etgan hujumchi Kilian Mbappe haqida gapirdi.

«Bu voqealarni kontekstdan yulib olishga bo‘lgan urinish. Bu shunchaki vaziyatdan foydalanib, hamma narsani bo‘rttirib ko‘rsatishdir. Barcha madridchilar Mbappening «Real Madrid»ga o‘tishi uchun qanchalik harakat qilganini yaxshi bilishadi, chunki avvalgi klubida unda hamma narsa bor edi. U o‘z orzusidagi klubda bo‘lish uchun ko‘p narsani qurbon qilishiga to‘g‘ri kelgan», — dedi Arbeloa matbuot anjumanida.

Avvalroq internetda «Real» rahbariyatidan Mbappeni sotishni so‘rab petisiya paydo bo‘lgan edi. Uni bir necha million muxlis imzolagan.

10 may kuni «Real» safarda «Barselona» bilan to‘qnash keladi.

Kiritildi: 15:15, 09.05.2026.
O'qildi: 958 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик