Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

«Atletiko» Mark Kukurelya transferi uchun katta summa tayyorlamoqda

«Atletiko» Mark Kukurelya transferi uchun katta summa tayyorlamoqda

Baho:
+ | -

«Chelsi» himoyachisi Mark Kukurelya faoliyatini yana Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. Diario AS nashrining xabar berishicha, 27 yoshli futbolchiga Madridning «Atletiko» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Madridliklar ispaniyalik himoyachining transferi uchun London klubiga 50 million yevro miqdorida taklif yuborishga tayyorlanmoqda. Hozircha «Chelsi» rahbariyati o‘z asosiy tarkib o‘yinchilaridan birini qo‘yib yuborishga tayyor yoki tayyor emasligi bo‘yicha yakuniy qarorga kelgani yo‘q.

Ma’lumot uchun, Mark Kukurelya 2022 yilda «Brayton»dan 65 million yevro evaziga «aristokratlar» safiga kelib qo‘shilgan edi. Uning «ko‘klar» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda himoyachi «Chelsi» libosida barcha musobaqalarda 47 ta o‘yinda ishtirok etib, bitta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali futbolchining ayni damdagi bozor qiymatini 50 million yevroga baholagan.

Kiritildi: 19:45, 09.05.2026.
O'qildi: 1023 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик