Kirish Ro'yxatdan o'tish

La Liga. «Sevilya» so‘nggi daqiqalarda «Espanyol» ustidan g‘alabani ilib ketdi

La Liga. «Sevilya» so‘nggi daqiqalarda «Espanyol» ustidan g‘alabani ilib ketdi

Baho:
+ | -

Ispaniya La Ligasining 35-turi doirasida «Sevilya» o‘z maydonida «Espanyol» jamoasini qabul qildi. Andalusiyada kechgan bahs mezbonlarning 2:1 hisobidagi irodali g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinning 56-daqiqasida mehmonlar hujumchisi Tiris Dolan hisobni ochib, «Espanyol»ni oldinga olib chiqdi. «Sevilya» muvozanatni tiklash uchun bahs yakuniga qadar kurashdi va 82-daqiqada Andres Kastrin o‘z goli bilan javob qaytardi. Uchrashuvga qo‘shib berilgan vaqtda esa Akor Adams raqib darvozasini ishg‘ol etib, maydon egalariga muhim g‘alabani taqdim etdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «Sevilya» ochkolari sonini 40 taga yetkazib, turnir jadvalida 12-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 39 ochkoga ega «Espanyol» esa 15-pog‘onaga tushdi.

«SEVILYA» — «ESPANYOL» — 2:1

Gollar: Tiris Dolan 56 (0:1), Andres Kastrin 82 (1:1), Akor Adams 90+1 (2:1).

«Sevilya»: Vlaxodimos, Salas, Kastrin, Suaso (Oso, 64), Karmona (X. Sanches, 64), Gudel, Agume (Sou, 58), Edjuke, Vargas (Adams, 75), I. Romero (A. Sanches, 46), Mope.

«Espanyol»: Dmitrovich, Kalero, Kabrera, K. Romero (Salinas, 75), El Xilali, Gonsales de Sarate, Eksposito (Pol Losano, 83), Terrats (Karreras, 75), Dolan, R. Sanches (Pikel, 66), Fernandes (Kike Garsiya, 83).

Ogohlantirishlar: Karmona (61), Sou (73), Vargas (73), Adams (90), Kastrin (90) — Gonsales de Sarate (26), Dolan (73), El Xilali (90), Kalero (90), Pikel (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:46, 09.05.2026.
O'qildi: 435 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик