Kirish Ro'yxatdan o'tish

Slot «Liverpul» muxlislari ishonchini qaytara olishiga ishonmoqda

Slot «Liverpul» muxlislari ishonchini qaytara olishiga ishonmoqda

Baho:
+ | -

«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot muxlislar bilan yuzaga kelgan vaziyat va jamoaning kelajagi haqidagi savollarga javob berdi.

«Ha, muxlislar mehrini yana qozonishimga ishonaman. To‘g‘ri, bu mavsumda emas — muxlislarning joriy mavsum borasidagi fikrini o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ammo agar yozgi transfer oynasini rejamiz asosida o‘tkaza olsak, keyingi mavsumda mutlaqo boshqacha jamoaga aylanishimizga 100 foiz ishonchim komil. Bu nafaqat natijalarda, balki o‘yinimizda ham aks etadi. Nima qilish kerakligini bilish boshqa, uni amalga oshirish boshqa, lekin hozir bizga nima yetishmayotgani men uchun juda aniq», — deya mutaxassisning so‘zlarini keltirmoqda This is Anfield nashri.

Eslatib o‘tamiz, «Liverpul» APLning 36-turidan so‘ng 59 ochko bilan turnir jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi. 

Kiritildi: 22:03, 09.05.2026.
O'qildi: 407 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик