Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gvardiola Fil Fodenning «Manchester Siti»dagi kelajagi haqida gapirdi

Gvardiola Fil Fodenning «Manchester Siti»dagi kelajagi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yarim himoyachi Fil Foden bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha olib borilayotgan muzokaralar haqida ma’lumot berdi.

Avvalroq insayder Devid Ornshteyn «shaharliklar» 25 yoshli futbolchi bilan 2030 yilgacha mo‘ljallangan yangi kelishuv borasida kelishib olgani haqida xabar tarqatgan edi. Fodenning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar davom etadi.

«Men sport direktoridan bu haqda so‘radim. Uning aytishicha, tomonlar kelishuvga juda yaqin kelishgan va umid qilamanki, tez orada bu amalga oshadi. Biroq hozircha masala to‘liq hal bo‘lgani yo‘q», — deya Gvardiolaning so‘zlarini keltirmoqda Sky Sports.

Ma’lumot uchun, Fil Foden «Manchester Siti» akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lib, 2017 yildan buyon asosiy jamoada to‘p surib kelmoqda. Joriy 2025/26 yilgi mavsumda futbolchi barcha musobaqalarda 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali ingliz futbolchisining bozor qiymatini 80 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 22:09, 09.05.2026.
O'qildi: 505 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик