Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kazemiro yangi klubini tanlashni xotiniga ishonib topshirdi

Kazemiro yangi klubini tanlashni xotiniga ishonib topshirdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Kazemiro faoliyatini qaysi klubda davom ettirishi borasida kutilmagan qarorga keldi. Jurnalist Sem Lakxerstning xabar berishicha, 34 yoshli braziliyalik futbolchi keyingi manzilini tanlash huquqini rafiqasiga bergan.

Manbaga ko‘ra, futbolchi shu tariqa rafiqasiga «Real Madrid» va «Manchester Yunayted»dagi faoliyati davomida ko‘rsatgan ko‘p yillik qo‘llab-quvvatlovi uchun minnatdorchilik bildirmoqchi.

Kazemiro 2022 yildan buyon ingliz klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. Ushbu davr mobaynida u barcha musobaqalarda 159 ta o‘yinda maydonga tushib, 26 ta gol va 14 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning «qizil iblislar» bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning iyun oyi yakuniga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali tajribali xavbekning transfer bahosini 8 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 22:19, 09.05.2026.
O'qildi: 1245 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик