Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

«Milan» himoyachisi APL klublari e’tiboriga tushdi

«Milan» himoyachisi APL klublari e’tiboriga tushdi

Baho:
+ | -

«Milan» jamoasi himoyachisi Straxinya Pavlovich faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin. La Gazzetta dello Sport nashrining xabar berishicha, serbiyalik futbolchiga «Manchester Yunayted» va «Kristal Pelas» klublari qiziqish bildirmoqda.

«Rossonerilar» o‘z futbolchisini 40 million yevro evaziga sotishga tayyor. Biroq, agar Milan klubi mavsum yakuniga ko‘ra Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmasa, transfer borasidagi vaziyat o‘zgarishi mumkinligi aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, Straxinya Pavlovich 2024 yilda «RB Zalsburg»dan 18 million yevro evaziga Italiya klubiga o‘tgan edi. Uning «Milan» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda 24 yoshli himoyachi barcha musobaqalarda 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali futbolchining ayni damdagi bozor qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 23:02, 09.05.2026.
O'qildi: 698 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик