Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ - Arsenal
30/05 21:00 PSJ - Arsenal

A Seriya. «Inter» Rimda «Lasio»ni tor-mor etdi

A Seriya. «Inter» Rimda «Lasio»ni tor-mor etdi

Baho:
+ | -2

Italiya A Seriyasining 36-turi doirasida muddatidan oldin chempionlikni naqd qilgan «Inter» safarda «Lasio» mehmoni bo‘ldi. Rimda kechgan bahs mehmonlarning 3:0 hisobidagi ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi.

Milanliklar safida gollarga Lautaro Martines, Petar Suchich va Genrix Mxitaryan mualliflik qilishdi. Uchrashuvning 59-daqiqasida mezbonlar himoyachisi Alessio Romanyoli qo‘polligi uchun maydondan chetlatildi va rimliklar bahsning qolgan qismini bir kishi kam bo‘lib o‘tkazishga majbur bo‘lishdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «neradzurrilar» ochkolari sonini 85 taga yetkazib oldi. Kristian Kivu shogirdlari allaqachon Italiya chempionligini rasmiylashtirib bo‘lishgan.

«Lasio» esa 51 ochko bilan turnir jadvalida 8-pog‘onada qolmoqda va yevrokuboklar uchun kurashni davom ettirmoqda.

«LASIO» — «INTER» — 0:3

Gollar: Lautaro Martines 6 (0:1), Petar Suchich 39 (0:2), Genrix Mxitaryan 76 (0:3).

«Lasio»: Motta, Romanyoli, Xila (Gabarron, 56), Pellegrini, Marushich (Lassari, 77), Rovella (Provstgor, 56), Bashich, Dele-Bashiru, Pedro (Dia, 62), Kanchelyeri (Isaksen, 56), Noslin.

«Inter»: X. Martines, Acherbi, Bastoni (Dyumfris, 63), Bissek, Suchich (Moskoni, 80), Mxitaryan, Barella (Frattezi, 46), Karlos Augustu, Diuf, Tyuram (Bonni, 46), L. Martines (Luis Enrike, 63).

Ogohlantirishlar: Pellegrini (48), Noslin (74) — Mxitaryan (85). Chetlatish: Romanyoli (59).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:05, 09.05.2026.
O'qildi: 685 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик