Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Keyn penaltidan gol ura olmadi (Video)

Keyn penaltidan gol ura olmadi (Video)

Baho:
+ | -

Germaniya Bundesligasining navbatdagi turi doirasida «Bavariya» safarda «Volfsburg» mehmoni bo‘lmoqda. Uchrashuvning birinchi bo‘limida myunxenliklar yetakchisi Harri Keyn hisobni ochish uchun qulay imkoniyatni qo‘ldan chiqardi.

O‘yinning 36-daqiqasida mehmonlar foydasiga penalti belgilandi. To‘p yoniga kelgan ingliz hujumchisi darvozaning o‘ng yuqori burchagini nishonga oldi, biroq uning zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi — to‘p darvoza to‘sini yonidan o‘tib ketdi. Qizig‘i shundaki, mezbonlar darvozaboni zarba yo‘nalishini topa olmay, qarama-qarshi tomonga sakragan edi.

Birinchi bo‘limda gol urilmagan bo‘lsa-da, ikkinchi bo‘limda Myunxen klubi baribir o‘z maqsadiga erishdi. Maykl Olise raqib darvozasini ishg‘ol etib, «Bavariya»ni hisobda oldinga olib chiqdi.

Kiritildi: 23:08, 09.05.2026.
O'qildi: 593 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик