Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Affengruber uchun «MYU», «Milan» va «Yuventus» kurash boshlamoqda

Affengruber uchun «MYU», «Milan» va «Yuventus» kurash boshlamoqda

Baho:
+ | -

Ispaniyaning «Elche» klubi sharafini himoya qilayotgan avstriyalik himoyachi David Affengruber transfer bozorida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Bu haqda insayder Florian Plettenberg o‘z ijtimoiy tarmoqlarida xabar tarqatdi.

25 yoshli futbolchining xizmatlariga «Manchester Yunayted», «Milan», Turinning «Yuventus» klubi, shuningdek, Madridning «Atletiko» va «Sevilya» jamoalari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Hozirda futbolchining bozor qiymati 9 million yevroga baholanmoqda.

Affengruberning «Elche» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning iyun oyi yakuniga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda avstriyalik himoyachi La Liga doirasida 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta gol va bitta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Shuningdek, u mavsum davomida 6 ta sariq va bitta qizil kartochka olgan.

Kiritildi: 23:10, 09.05.2026.
O'qildi: 807 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик