Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mourinyo o‘zining «bashoratchilik» qobiliyati haqida: «Dzanyolo gol urishini oldindan aytgandim»

Mourinyo o‘zining «bashoratchilik» qobiliyati haqida: «Dzanyolo gol urishini oldindan aytgandim»

Baho:
+ | -

«Benfika» bosh murabbiyi Joze Mourinyo sobiq shogirdi Nikolo Dzanyoloning u haqidagi fikrlariga munosabat bildirdi. Avvalroq «Roma»ning sobiq a’zosi Mourinyoni o‘yinlar rivojini oldindan ko‘ra bilish qobiliyatiga ega ekanini ta’kidlagan edi.

«Deyarli shunday. Konferensiyalar ligasi finalida «Feyenoord»ga qarshi bahs oldidan Dzanyolo g‘alaba golini urishini bashorat qilganim yodimda. Yakunda hammasi men aytganidek bo‘ldi», — deya Mourinyoning so‘zlarini keltirmoqda Goal portali Sport Week nashriga tayanib.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilgi Konferensiyalar ligasi finalida «Roma» Dzanyoloning yagona goli evaziga «Feyenoord»ni mag‘lub etib (1:0), bosh sovringa ega chiqqan edi.

Kiritildi: 23:18, 09.05.2026.
O'qildi: 768 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик