Kirish Ro'yxatdan o'tish

Jaka «MYU» bilan durang haqida: «Deyarli ideal o‘yin o‘tkazdik»

Jaka «MYU» bilan durang haqida: «Deyarli ideal o‘yin o‘tkazdik»

Baho:
+ | -

«Sanderlend» yarim himoyachisi Granit Jaka Angliya Premyer-ligasining 36-turi doirasida «Manchester Yunayted»ga qarshi kechgan bahs (0:0) borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bu deyarli ideal o‘yin bo‘ldi. Biz haqiqatan ham kuchli jamoaga qarshi ko‘plab vaziyatlar yaratdik. Bunday imkoniyatlardan kamida bitta gol urish kerak edi. Bizda yaxshi impuls bor edi, o‘zimizga ishonishda davom etishimiz kerak», — deya Jakaning so‘zlarini keltirmoqda Sky Sports.

Shveysariyalik futbolchi jamoasining debyut mavsumidagi ishtirokiga ham to‘xtalib o‘tdi: «Biz APLga endigina chiqdik, bu yerda talablar juda yuqori. Nimalarni yaxshilash kerakligini bilamiz, asosiysi — kamtarlikni saqlab qolish. Biz to‘g‘ri yo‘nalishda ketyapmiz».

Shuningdek, Jaka yevrokuboklar haqida o‘ylayotgani yo‘qligini va qolgan ikki o‘yinda mavsumni munosib yakunlash asosiy vazifa ekanini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, ushbu durangdan so‘ng «Sanderlend» 48 ochko bilan 12-o‘rinni egallab turibdi. «Manchester Yunayted» esa 65 ochko bilan turnir jadvalida uchinchi pog‘onadan joy olgan.

Kiritildi: 23:34, 09.05.2026.
O'qildi: 596 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик