Kirish Ro'yxatdan o'tish

La Liga. «Atletiko» o‘z uyida «Selta»ga mag‘lub bo‘ldi

La Liga. «Atletiko» o‘z uyida «Selta»ga mag‘lub bo‘ldi

Baho:
+ | -

Ispaniya La Ligasining 35-turi doirasida Madridning «Atletiko» klubi o‘z maydonida «Selta»ni qabul qildi. Bahs mehmonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvdagi yagona gol 62-daqiqada «Selta» hujumchisi Borxa Iglesias tomonidan kiritildi. Diyego Simeone shogirdlari qolgan vaqt ichida hisobni tenglashtirishga uringan bo‘lsa-da, Vigo klubi himoyasi ishonchli o‘yin namoyish etdi.

Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng «Atletiko Madrid» 63 ochko bilan turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. «Selta» esa ochkolari sonini 50 taga yetkazib, oltinchi pog‘onaga ko‘tarilib oldi.

Navbatdagi turda «Selta» 12 may kuni «Levante»ni qabul qiladi, madridliklar esa shu kuni safarda «Osasuna» mehmoni bo‘lishadi.

«ATLETIKO» — «SELTA» — 0:1

Gol: Borxa Iglesias 62 (0:1).

«Atletiko»: Oblak, Ximenes (Le Norman, 20; Vargas, 69), Gansko, Rudjeri, Pubil, Koke, Baena (Kubo, 69), Lukman (Molina, 60), Lyorente, Grizmann (Almada, 60), Serlot.

«Selta»: Radu, Lago, Alonso, Rodriges, Moriba, Lopes, Mingesa, Nunyes (Karreyra, 68), Duran (Xutgla, 68), Svedberg (Alvares, 77), Iglesias (Aspas, 68).

Ogohlantirishlar: Baena (66) — Moriba (19), Lopes (77).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:37, 09.05.2026.
O'qildi: 819 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик